mundarija

Transkript

mundarija
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
FRANSUZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
IV KURS TALABASI SHAMINOVA LAYLONING
FRANSUZ ADABIYOTI FANIDAN
TAYYORLAGAN
ISHI
RAHBAR:
I . SULTONOVA
QARSHI -2014
MUNDARIJA
Kirish
1§ Jyul Vern hayoti va ijodi ...........................................
Asosiy qism
2§. Jyul Vern asarlari tarjimasi xususida
............ .............
3§ Taniqli yozuvchilarning J.Vern asarlariga bergan bahosi ....................
Xulosa............................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar royhati..................................
Jyul Vern jahon ilmiy fantastik romanchiligining asoschilaridan biridir.
Jyul Gabriel Vern 1828 yil 8-fevralda Luara qirg‟ofidagi qadimgi Nant
shahrida tug‟ildi, bu shahar Fransiyaning eng katta portlaridan biri bo‟lib u yerdan
kemalar xar-xil uzoq davlatlarga yo‟l olganlar.
Jyul Gabriel Vernning otasi Pier Vern advokat bo‟lgan, uning advokatlik
idorasi bor edi va otasi o‟g‟lini ishini davom ettirishini hohlagan Jyul Gabriel
Vernning onasi kelib chiqishi Allot de la Fyuyelardan bo‟lib, ajdodlari kema
egalari va kema sozlovchilari bo‟lgan. Port shaharning romantik ruhiyati 11 yoshli
Jyulni Hindistonga olib ketishga undadi, va kemada yunga sifatida ishga kirmoqchi
edi. Lekin u vaqtda unga berishmagandi, bo‟lajak mashhur yozuvchi shuni tan
olardiki “Men dengizchi bo‟lib tug‟ilganman va dengizchi bo‟lishim kerak edi men
har kuni shu ishni yoshligimdan tanlamaganim uchun afsus qilaman” derdi.
Jyul Gabriel Vern 1865 yilning yozida do‟sti, mashhur fransuz avtori, Hetzel
noshirlik uyining noshiri Jorj Sandan xat oldi. U xatida Jyul Gabriel Vernning
romanlarini qiziqish bilan o‟qiganligini yozgandi. “Havo sharida besh hafta”, “Er
qariga sayohat” asari va ularning dengiz qarida o‟tganligi ayniqsa boshqa
asarlaridan ko‟ra ko‟p yoqqanligini yozgandi.
Jyul Vern juda hursand bo‟ldi va asarlari Jorj Sandning asari singari mashhar
bo‟lganligidan fahrlandi, yana unga hayrat baxsh etadigan fikrlar o‟ylab topdi, va
“Suv ostida 80 ming kilometr” asarini davomini yozishga kirishdi, ammo 2 yil
davomida asar ustida ishlashni to‟htatib qo‟ydi. U bu asarini o‟zining eng yaxshi
asari bo‟lishi mumkinligini his qildi, g‟oya qiziqarli edi ammo, Jyul Vern uni
barbod qilib qo‟yishdan ya‟ni yomon yozishdan qo‟rqardi. 1868 yil nihoyat bu asar
ustida ishlashni qaytadan boshladi.
Shu yilning iyul oyida u birinchi qayig‟ini ya‟ni “Saint-Michel 1” ni sotib
oldi va undan ishxona o‟rnida foydalanardi. Barcha dengizchilar haqida uning
romanlarida albatta yozilardi. Qanday ajoyib sayohat! Dengiz qarida bo‟lgan
hikoyalarni qayiqda yozish qanday maroqli bo‟lishini bilardi.
Jyul Vern hikoyalarida dengiz haqida o‟qiganlaridan, u haqida o‟zi ko‟rgan
boshidan kechirgan, eshitganlaridan ham foydalanardi, albatta.
“Suv ostida 80 ming kilometr” ajoyib sarguzasht asar, undan dengiz olami
va geografiyaga oid ko‟b narsalarni: okeanlar,baliqlar, qayiqlar va hokozolarni
o‟rganish mumkin.
Bu asar nashrdan chiqishi bilanoq muvaffaqiyatga erishdi, bir necha yil o‟tib
unga “Sirli orol” nomini berdi.
Otasining qattiqqo‟lligi sababli u huquqshunos bo‟lishi kerak edi, va bo‟ldi
ham.
Parijdagi Huquq maktabini bitirib diplomni ham olgan, lekin u otasining
advokatlik byurosiga ishga qaytib bormadi.
U boshqa ishga diqqatini jalb qilar edi. Bu teatr va adabiyot edi. U Parijda
och, nochor holda qoldi, chunki otasi uning bu ishiga qarshi edi. U o‟zi tanlagan
yo‟ldan qaytmadi. Har-xil komediyalar, dramalar opera uchun qo‟shiqlar yozdi
ammo bu qo‟shiqlarni hech kim ayta olmasdi. Jyul Vernning asosiy qiziqishi uni
Milliy kutubxonaga olib keldi. U yerda Jyul Vern har-xil ma‟ruzalar va ilmiy
eshittirishlarni tinglardi va astranomiya, geografiyadan qiziqqanlarini o‟qirdi.
Olimlar va tadqiqotchilar bilan tanishdi.
Jyul Vern shu ketishda 27ga kirdi, u hali ham teatrdan umidini uzmagandi.
Shunday qilib otasi o‟zining gapida turib Jyul Vernni uyiga qaytishini talab qildi,
o‟g‟lini yonida ishlashini xohlardi Jyul Vern otasiga shunday javob qildi “Men
kelajagimdan shubhalanmayman, 35 yoshlarimda adabiyot sohasida faxrli o‟rinni
egallayman”. Jyul Vernning gapi to‟g‟i chiqdi, u haqiqatdan ham muvaffaqiyatga
erishdi. Jyul Vern bir nechta dengiz va geografiya haqida hikoyalar to‟plamini
chiqarishga erishdi. Bo‟lajak adib, V.Hugo va A.Dyma bilan tanishadi. A.Dyuma
uni o‟z qanoti ostiga oladi, va unga Fransiya haqidagi sarguzashtlarga boy
sayohatlar haqida yozishni maslahat beradi.
Jyul Vern tabiat, hayvonot olami o‟simliklar halqlar va urf odatlar haqida
yozishga juda qiziqardi. U sanat bilan ilm fanni birgalikda olib borishni xohlaydi.
Jyul Vern 1862 yilda birinchi romanini yozadi, romanning nomi “Havo
sharida besh hafta”. A.Dyma. Jyul Vernga tarbiya va hordiq jurnalining redaktori
Etselga uchrashishni maslahat beradi.
Jyul Vern Nildagi hali aniqlanmagan yangi buloqlarni ham aytib o‟tgan.
“Havo sharida besh hafta” romani odamlarda juda katta qiziqish uyg‟otdi,
tanqidchilar bu romanda yangi janrni yani ilm fan haqidagi roman janrni ko‟rdi
Jyul Vern Etsel bilan shartnoma tuzadi, unga ko‟ra Jyul Vern ikki tomni bir yilda
yozishi kerak edi. Shunday qilib adabiy romanlar “Dunyoning markaziga sayohat”
(1864y), “Kapitan Gattersning sayohatlari”(1865y), “Yerdan oygacha” (1865y) va
“Oy atrofida” (1870y) nomli romanlarini yozadi. Bu asarlarda yozuvchi yer shari
haqida yerning tortishish kuchlari haqidagi masalalarni ko‟rib chiqqan.
Agar siz bu romanlar shunchaki dalilsiz ma‟lumot deb o‟ylasangiz, adashgan
bo‟lasiz shunday qilib “Yerdan oygacha” romanining bosh qahramoni Mishel
Ardan Jyul Vernning o‟rtog‟i yozuvchi, rassom, suratkash Feliks Turnashon edi.
Feliks Nadar tahallusi bilan mashhur edi. Feliks juda ham havo sharida sayohat
qilishga qiziqardi. “Gigant” nomli havo shari uchun pul yig‟adi va 1864 yil 4
oktabrda birinchi marta unda uchub ko‟radi.
“Kapitan Grant bolalari”(1868y) nomli beshinchi romanidan keyin,
Jyul Vern hamma yozilgan kitoblarini jamlab “G‟aroyib sarguzashtlar” deb
nomlaydi.
“Kapitan Grant bolalari” nomli romani trilogiyaning birinchi kitobi edi va
trilogiyaga yana “Suv ostida 80 ming kilometr” (1870) va “Sirli orol” (1875) kirar
edi, trilogiya qahramonlarining pafoslarini jamlaydi. Unda qahramonlar faqat
sayohatchi bo‟lib qolmay har-xil turdagi jangchilar, shavqatsiz millatchilar
qulchilik bilan shug‟ullanuvchilar edi.
1872 yilda Jyul Vern Parijni butunlay tark etib katta bo‟lmagan Amien
shahriga joylashadi u shuni tan olardiki “Men ishlashni yaxshi ko‟raman. Ish
mening hayotiy ehtiyojim. Qachonki ishlamasam o‟zimni yashamayotgandek his
qilaman”.
Jyul Vern tong sahardan kech soat sakkizgacha yozuv stolida ishlardi.
Biograflarning ma‟lumot berishlaricha Jyul Vern bir kunda bir yarim bet (pechatli
yozuv bilan,) yozardi. Bu kitobning 24 betiga to‟g‟ri kelardi, bunday
muvaffaqqiyatga erishish juda mushkul.
1872 yilda yozilgan “Dunyo bo‟ylab 80 kun” romani unga mashhurlik
keltirdi. Jyul Vernga bu asarni yozishda jurnaldagi maqola ilhom bag‟ishlab agar
sayohatchi yetarli qulayliklarga ega bo‟lsa 80 kunda ham dunyoni aylanib chiqishi
mumkunligini takidlaydi. 1870 yilda yangi ixtiro qilingan Suets kanalidir, bu kanal
Yevropa dengizlarining Hind va Tinch okeanining qisqartmasidir.
Yozuvchining fikriga ko‟ra Edgar Poning “Bir haftada uch yakshanba”
novellasida geografik paradoksdan foydalangan holda yana bir sutkani tejash
mumkin. Agar Londondan, yoki g‟arbdan sharqqa 2 chisi sharqdan g‟arbga 3chisi
bir joyda qolsagina bir xaftada uchta yakshanba bo‟lishi mumkin, yana
uchrashganlarida ular shuni bilishadiki, birinchisi uchun kecha yakshanba edi,
ikkinchisi uchun esa yakshanba ertaga bo‟ladi, uchinchisi uchun esa yakshanba
bugun”.
Jyul Vernning aytganini ko‟p sayohatchilar amalda qo‟lladilar, amerikalik
Nelli Vlay dunyo bo‟ylab sayohatini 72 kunda yakunladi. Jyul Vern entuziast
sayohatchini telegramma orqali tabrikladi.
1878- yilda Jyul Vern “O‟n besh yoshli kapitan” nomli mashhur romanini
yozdi, unda irqchilik va millatchilikka qarshi g‟oyalar bor edi.
Amirikada bo‟lib o‟tgan 60- yillardagi fuqarolar urishidan kelib chiqqan
holda Vern millatchilik va irqchilikka qarshi g‟oyalar mavzusini davom ettirgan,
bu mavzu “Shimolga qarshi janub” (1887) romanida aks ettirilgan.
1885-yil J.Vern tug‟ilgan kunida dunyoning har burchagidan tabriklar oladi.
Shu tabriklar orasida amerikalik gazeta qiroli Gordon Benettadan ham xat bor edi.
U J.Verndan amerikalik o‟quvchilar uchun maxsus roman –Amerika kelajagining
bashorati haqida kitob yozishni so‟ragan edi.
Vern bu iltimosni bajaradi, asar “XXIX asr 2889-yildagi amerikalik
jurnalistning bir kuni” nomli edi. U amerikada bosilib chiqmadi. Bu qiziqarli
bashorat Markaz polisida –amerika dollari imperiyasining poytaxti bo‟lib boshqa
davlatlarga o‟z ta‟sirini o‟tkazgan, hattoki okeanning u tamonidagi davlatlarga
ham. Amerika imperiyasiga Rossiya, Buyuk Xitoy, Angilya, Fransiya yarim
qaramlik darajasida edi. Amerika yarim sharini Frensis Bennet boshqarar edi.
Xalqaro mashhurlik J.Vernga birinchi asarini yozib bo‟lgandayoq keldi.
“Havo sharida 5 hafta” asari nashrdan chiqdi. Lev Tolstoy fikriga ko‟ra
“J.Vernning asarlari ajoyib, men uni o‟qiganimda balog‟atga yetgandim, shunday
bo‟lsada hayrat bilan o‟qir edim”.
L.Tolstoy Jyul Vernning “Dunyo bo‟ylab 72 kun” asarida maxsus bolalar
uchun rasm chizgan.
J. Vern 1905- yil Amiyenda vafot etdi. Bugungi kunda uning romanlari juda
mashhur va butun dunyoda sevib o‟qiladi.
Jahon ilmiy fantastik romanchiligining asoschilaridan biri, mashhur fransuz
yozuvchisi J.Vern o‟z asarlari bilan fanda hali o‟rganilmagan, mutlaqo yangi
jabhani ochdi, ilm poeziyasini, ixtirochilik romantikasini yaratdi.
Adib
zamondoshlari u yaratgan asarlar majmuasini «geografiya ilmining ajoyib qomusi»
deb baholagan edilar. Bizning asrimizda esa, yozuvchi voqiylikdagi afsonaviy
kashfiyotlarning qariyib 70% i haqiqatga aylandi.
Buyuk adib o‟z asarlari bilan o „tgan asrning 70-yillaridayoq jahon
adabiyotidan munosib o‟rin olgan edi. Bu davrda J. Vern romanlari yer kurrasidagi
bir qator tillarda tarjima qilindi va o‟qila boshlandi. Masalan, adibning « Havo
sharida 5 hafta » nomli birinchi romani 1864-yilda, ya„ni original chiqqanidan bir
yil keyinroq rus tiliga tarjima qilindi.
Adibga zamondosh bo‟lgan badiiy so‟z ustalari I.S Turgenev, L.N. Tolstoy,
N.S.Leskov, A.M.Gorkiy kabi buyuk yozuvchilar ham J.Vern ijodini yuksak
baholagan edilar.
O‟zbek tiliga buyuk yozuvchi kitoblarini tarjima qilish ishi bizning
asrimizda, aniqrog‟i 40-yillarga kelib boshlandi. Ilk bor adibning « Sirli orol»
romanining birinchi kitobi M.Ismoiliy tomonidan o‟zbek tiliga tarjima qilinib,
yosh kitobxonlarga taqdim etildi.
1947-yilda esa taniqli tarjimon Malik Rahmon yozuvchining ikkinchi kitobi
« O‟n besh yoshli kapitan » romanini o‟zbek tiliga tarjima qildi.
1953-yil ulug‟ adib tug‟ilgan kunining 125 yilligi munosabati bilan
yozuvchining ko‟plab kitoblari turli tillarga qayta –qayta nashr etildi
Taniqli tarjimon S.Muhammadjonov san‟atkorning yirik asarlaridan biri,
qiziqarli sayohat voqealaridan iborat, yoshlarni mardlik va insoniylikka,
bilimdonlik va irodalilikka undovchi « Kapitan Grant bolalari » nomli romanini
tarjima qildi.
1973-yilda J.Vern romanlaridan yana birini ona tilimizda o‟qishga erishdik.
Yozuvchi ijodining yuqori pog‟onasida turuvchi, ilm-fan muvoffaqiyatlarini o‟zida
aks ettirgan, shuning bilan birga hayotda kurashuvchan, o‟z xalqining ajoyib inson
obrazini talqin qiluvchi « Suv ostida sakson ming kilometr » romani S.Karomatov
tarjimasida bosilib chiqdi.
Mashhur yozuvchi J.Vern asarlarini o‟zbek tiliga o‟girishda mohir
tarjimonlarimiz barakali mehnat qilib, bir qator muvaffaqiyatlarni qo‟lga kiritdilar.
J.Vern o‟zining navbatdagi kitobi « O‟n besh yoshli kapitan » romanini
yozishga
kirishgunga
qadar
e‟lon
qilingan
bir
qator
asarlarida
o‟z
qahramonlarining janubiy kenglikdagi sarguzashtlarni tasvirlar ekan, qullik
zulmida azob chekayotgan mustamlaka mamlakatlaridagi yerli xalqlar hayoti bilan
ham o‟z kitobxonlarini tanishtirishni maqsad qilib qo‟ygan edi.
Romanning asosiy mazmuni ana shu mavzuga qaratilgan bo‟lib, uning
sujetida muallif irqiy zulmga keskin qarshi chiqadi. Asar o‟zining jozibadorligi,
qiziqarliligi, qahramonlari-yosh kapitan Dik Send va negr Gerkuleslardagi jasorat
va oliyjanoblik kabi xislatlari bilan dastlabki sahifalaridayoq o‟quvchini o‟ziga
maftun qiladi.
J.Vernning bu kitobi bir necha bor tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.
Tarjimaning barcha nusxalari taniqli tarjimon Malik Rahmon qalamiga mansubdir.
Tarjima – originalni g‟oyaviy va badiiy aks ettirish formasidir. Originalning
g‟oyaviy
boyligini, badiiy ta‟sir kuchini va o‟ziga xos takrorlanmas
xususiyatlarini, uslubini saqlagan holda o‟quvchiga yetkazib berish, tarjima
oldidagi asosiy vazifadir. S.Karomatov va M.Rahmon tarjimalarini o‟qir ekanmiz ,
tarjimon bu vazifani a‟lo darajada bajara olgannining guvohi bo‟lamiz.
Tarjimon o‟ziga xos tarjima uslubi, fikr ifodasining ravonligi, mantiqni
oson, qisqa ifodalar bilan tushuntira
olishi orqaligina taniladi, ko‟proq biror
sohada iqtisoslashadi.
Tarjimon - ma‟rifat tarqatuvchidir. Biz buni yuqoridagi nomi zikr etilgan
adiblarimizning tarjimalarida ko‟rib o‟tamiz. Ularning tarjimalarini o‟qir ekanmiz,
ko‟z
oldimizda o‟sha davr, o‟sha qahramonlar, o‟sha shart-sharoit yaqqol
gavdalanadi. O‟qiyotgan asarimiz
o‟qiyotgandek
tarjima ekanligini unitamiz, originalni
zavqlanamiz. Zero tarjimonning sa‟nati, qudrati, uning nomini
mashhur qilgan ta‟lanti ham shunda.
Tarjimashunos olimlarimiz tarjimachilik-tekstni bir tildan ikkinchi tilga
o‟tkazishdan iborat quruq ,,ko‟chiruvchilik‟‟ emas balki muhim ilmiy va ijodiy
yaratuvchilikdan iborat ajoyib san‟at deb hisoblar edilar. Ularning tarjimon ishiga
bergan baholari, unga qo‟ygan yuksak talablari ham shundan kelib chiqadi.
Tarjima yuksak badiiy ijoddir. Ijod bo‟lganda ham, ba‟zan original avtoridan
ko‟proq izlanish, mehnat talab qiladigan ijoddir. Chunki avtor o‟zi ijod qilayotgan til
va adabiyot doirasdida erkin qalam tibratadi. Tarjimon esa o‟zga tilda yaratilgan
badiyatni o‟z tilida
qayta aks ettirishi, original tilining o‟zigagina ayrim
xususiyatlarini ham bu tilda qayta yaratish yo‟llarini izlashi lozim. Masalaning bu
tomoni tarjimonning mahoratiga borib taqaladi.
Taniqli tarjimashunos L. Sobolevning fikricha ,,roman yoki hikoya nomining
tarjimasiga tushunmasdan unga mexanik ravishda yondoshib bo‟lmaydi. Asar - nomi
oddiy ettietka bo‟lmasdan, u ravshan va ma‟noli bo‟lishi, asar stiliga muvofiq bo‟lishi
kerak degan so‟zlari hamma vaqt tarjimonlarimizning diqqat etiborida bo‟lmog‟i
lozim.
Taniqli rus yozuvchisi M.Gorkiy J.Vernga katta baho berib shunday deydi :
« J.Vernga qo‟l tekkizish juda xavfli. Agar undagi (asarlaridagi) bironta ipni
tortguday bo‟lsangiz butun mato so‟kilib ketadi. Shuning uchun ham J.Vernni
o‟zgartirish aslo mumkin emas »,-deganlari o‟rinlidir.
Mashhur novella janrning ustasi G.de Mopassan fransuz tiliga juda katta
baho bergan « Fransuz tili-deb yozgan edi Mopassan,-toza suvdek musaffodir, uni
hech kim loyqatolmagan va bundan keyin ham loyqatolmaydi. Bizning tilimiz
o‟zining mantiqiyligi, manodorligi va burroligi bilan go‟zaldir.
Tarjimashunos olimlarimizning fikricha - ,,Tarjimon-asl nusha harflarining
xuddi o‟zginasini ko‟chiruvchi mexanik tilmoch emas, balki avtorning ongli
xodimi, uning fikrlarini yangi kitobxonga yetkazuvchi jarchidir.
So‟zni-so‟z
bilan o‟girishga odatlangan tarjimon muqarrar pand yeydi.
Badiiy tarjimaning ilmiy tavsiflash eng qiyin bo‟lgan xossasi shundaki, bunda
so‟zni-so‟z bilan emas, balki ma‟noni-ma‟no, ohangni-ohang,
obrazni-obraz,
yumorni-yumor bilan nerish muhum ahamiyatga egadir.
J.Vern kitoblarining asosiy tarjimoni M.Rahmondir.
Masalan : ushbu jumlani olaylik :
Originalda : «Le vent de nord – ouest fraichissait a‟peu et le Piligrim filait
rapidement, a raison de cent soixante milles en moyenne par vingt – quatre
heures».
Mana shu uncha katta bo‟lmagan bitta gapda ikkita raqam ishlatilayapti.
Hatto avtor, gapidagi « bir kunda so‟zini ham yigirma to‟rt soat » ga aylantirib
mazmunni bir muncha jonlantirib ko‟rsatmoqchi bo‟lgan ushbu gapni o‟zbek
tarjimonlari o‟z tarjimalarida bunday berishgan :
1954 – yilgi o‟zbekcha tarjimada : « Shimol – sharqiy shamol kuchayaverdi.
« Pligrimm » o‟rta hisob bilan har kuni bir yuz sakson mildan yo‟l bosib
g‟izillaganicha oldinga qarab bormoqda edi.
Avvalo, o‟zbek tarjimoni M.Rahmon tarjimalarning har biri nusxaga
monanad bo‟lib chiqqan. Demak, « bir mil (un mille – milya bu dengizdagi masofa
o‟lchovi bo‟lib 1852 metrga teng ). Shunday ekan, « 180 mil » oddiy arifmetik
hisobda « 333 kilometr 360 metr » ga tengdir.
Ma‟lumki, bir tildagi asarning boshqa bir tilda qayta yaratishda personajlar
nutqining o‟ziga xos hususiyatlarini ifodalash ham birmuncha bo‟lib, tarjimondan
o‟ta sezgirlikni talab qiladi. Agarda tarjimon bu borada ozgina bo‟lsada
e‟tiborsizlik qilib qo‟ysa u holda asar ruhiga putur yetkazishi hech gap emas.
Masalan, yosh kapitan Dik Send va keksa negr Tom o‟rtasidagi dialog romanda
muhim ahamiyatga ega bo‟lib, unda yo‟lovchilar ilk bor o‟zlarini « Qora Afrika »
deb ataluvchi jirkanch qul savdosi hamon davom etib kelayotgan qit‟ada
ekanliklarini bilib qolgan payti aks etadi. Mana o‟sha dialogning orginaldagi
ko‟rinishi : « Ce fut sous un large bouquet de sarbers que Dick Send songes à tout
disposer pour la coucher. Mais le vieux Tom, qui s‟occupait avec lui de ces
préparatifs, s‟arrêta tout à coup, s‟écriant :
« Monsieur Dick ! Voyez ! Voyez !
- Qu‟y a-t-il, mon vieux Tom ! demanda Dick Sand, du ton calme d‟un
homme qui s‟attend a tout.
La...la....fit Tom ... sur ces arbres.... des taches de sang !.....Et.....a terre ...des
membres mutiles !... »
Dick Sand se precipita vers l‟endroit que designait le vieux Tom. Puis,
revenant a lui.
« - Tais – toi, Tom, tais – toi ! « dit-il ».
M.Rahmon tarjimasida:
-“Dik tunash uchun kattakon bir daraxt tagini tanladi. Unga ergashib yurgan
keksa Tom birdaniga to‟xtab:
-Qarang! Qarang deb baqirib yubordi.
-Nima ekan? Tom? – deb ohista so‟radi Dik, har ehtimolga tayyor bo‟lib.
-Ana, ana, bidirladi Tom, -daraxt tagida...qon izi... yerda kesilgan ko‟llar
yotibdi.... Dek Send Tom aytgan daraxt tagiga chopib bordida keyin qaytib kelib:
-Damingizni chiqarmang Tom! hecha kimga aytmang!...
-Dedi.
Dialog boshlanishidan oldin kelayotgan avtor gapiga e‟tibor beraylik. Avtor
gapining original tarjimalaridagi mazmuni bir – biriga mos, ya‟ni ikkalasida ham
“tunash” uchun kattakon bir daraxt tagini emas balki bir to‟p bo‟lib o‟sgan bir
necha katta daraxtlar tagini tanlashayabdilar. Qahramon har qanday dahshat oldida,
ham o‟zini tetik va hotirjam tutishga harakat qiladi. Uning nutqi bosiq dalda
beruvchi so‟zlarga boy.
1866-yil hanuz odamlar xotirasidan ko‟tarilmagan g‟aroyib voqealar bilan
mashhur bo‟lib qoldi. Bu voqealar haqidagi mish-mishlar butun dunyo xalqlari
o‟rtasida qiziqish uyg‟otdi va portshaharlar aholisini tashvishlantirib qo‟ydi,
dengizchilarni esa hayajonga soldi.
O‟sha yili bir necha kemalarda kishilar dengizda qandaydir uzun, duksimon
bir narsani ko‟rishdi. U hajmi va tez harakat qilishi jihatidan kitdan ustun turar,
ba‟zan yorqin yog‟du taratardi.
Bu mavjudotni o‟z ko‟zi bilan ko‟rgan ba‟zi bir kishilar uning uzunligini
ikki yuz ingliz futi deb chamalashdi, lekin bu juda kichraytirib aytish edi, albatta.
Boshqalar esa uning uzunligini uch milya, enini bir milya deb haddan tashqari
mubolag‟a qilib yuborgan edilar.
1867-yilning 25-martiga o‟tar kechasi Monreal kompaniyasiga qarashli
« Moraviya » kemasi hech qanday xaritaga tushmagan qoyaga urildi. « Moraviya »
orqadan esayotgan shamol va to‟rt yuz quvvatli mashina yordamida o‟n uch uzel
tezlikda shiddat bilan urilish kema uchun ham, undagi ikki yuz o‟ttiz yetti
yo‟lovchi va kamanda uchun ham halokatli tugashi turgan gap edi.
Bu to‟qnashuv ertalab soat beshda bo‟ldi. Qorovulda turgan ofitserlar okean
sathini sinchkovlik bilan ko‟zdan kechirdilar. Biroq qudratli paroxod parragi
zarbidan hosil bo‟ladigan kuchli to‟lqindan bo‟lak hech qanday shubhali narsa
sezishmadi.
“Moraviya” bu yerning aniq koordinatlarini belgilab olgach, yo‟lida davom
etdi. “Moraviya”ning komanda sostavi kema suv osti qoyaga urildimi, yoki
cho‟kib qolgan biror kemagami degan masala ustida rosa bosh qotirishdi.
Portga kelib quruq dokka chiqqach, “Moraviya”ning tag yog`ochi
shikastlangani aniqlandi.
XULOSA
Men ushbu referatda tanlangan mavzuni imkon boricha chuqurroq yoritishga
harakat qildim. Referat mazmuni reja asosida yozildi .
Avvalo, mashhur farang fantastik yozuvchisi Jyul Vern hayoti va uning bir
qancha asarlariga to‟xtalib o‟tdik. Jyul Vern asarlari ko‟plab tarjimashunos olimlar
tomonidan tarjima qilingan, shu bilan birgalikda yozuvchi ijodining yuqori
pog‟onasida turuvchi, ilm fan muvaffaqiyatlarini o‟zida aks ettirgan, hayotda
kurashuvchan, o‟z halqining ajoyib inson obrazini talqin qiluvchi « Suv ostida
sakson ming kilometr » romani S.Karomatov tarjimasida bosilib chiqdi. Ularning
har biri o‟z tarjimasi yazasidan o‟zlarining nazariy fikrlarini bildirishgan.
Tarjimashunos olimlarimiz tarjimachilik – tekstni bir tildan ikkinchi tilga
o‟tkazishdan iborat quruq “ko‟chiruvchilik” emas balki muhim ilmiy va ijodiy
yaratuvchilikdan iborat ajoyib san‟at deb hisoblar edilar. Ularning tarjimon ishiga
bergan baholari unga qo‟ygan yuksak talablari ham shundan kelib chiqadi.
Bu nazariy fikrlar ham mazkur referat ishida yoritilgan. Adib asarlariga
to‟htalib ularning qanday muhitda, qanday davrda, qanday joyda, qanday zamonda
berilishiga qarab tarjima qilishga harakat qildik.
Turli adabiyotlardan, lug‟atlardan foydalangan holda, asardan keltirilgan
parchalar o‟zbek tiliga tarjima qilindi.
Tanlangan mavzuni chuqurroq yoritish uchun, mazkur referat ishining
ahamiyati, qo‟llash jarayonini o‟rganish va tayyorlash, tarjimaga oid misollar
to‟plash uchun birinchi galda lug‟atlardan, ilmiy, badiiy adabiyotlardan
foydalandim. Va shu bilan birgalikda tarjimashunos olimlarning ham Jyul Vern
asarlariga bergan bahosi naqadar qimmatli ekanligiga amin bo‟lindi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.
Abduazizov A.A. O‟zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi. Toshkent
‟‟O‟zbekiston‟‟ 1992. B – 5,6.
2. Ганшина. Французко-русский словарь. М. Русский язык,
1983.г.
3. Grand dictionnaire Universel du XIX siècle. Paris, 1985.
4. Petit Larouss. Dictionnaire encyclopedique pour tous. Paris. 1998.
5. Русского- узбекский словарь. 1-2.тома. Т . Уз. 1983 г
6. Щерба Л. В. Русско- французкий словарь.М. Русский язык. 1983 г
7. Salomov.G‟. Adabiyot nazariyasi. 1973 y. T.
8. Kollektiv. Badiiy tarjimaning aktual masalalari. Toshkent, O‟z. ,,Fanlar‟‟
nashriyoti 1997 y.
9. Quronov.D. Adabiyotshunoslikka kirish. Oripov.A. nomidagi xalq merosi
nashriyoti. T. 2004 y.
10. Malik Rahmon. ,,O‟n besh yoshli kapitan‟‟, Toshkent, G‟.G‟ulom
nomidagi. Adabiyot va san‟at nashriyoti ,1976 y.
11. J. Vern. ,,Suv ostida 80 000 kilometr‟‟ , Toshkent, G‟.G‟ulom nomidagi.
Adabiyot va san‟at nashriyoti ,1973 y.
12. Rahmon.M. ,,Kapitan Grant bolalari‟‟, Toshkent , O‟zdavnashr, 1957 y.
Internet saytlari
1. www.vonadoo.fr
2. www.ziyonet.net
3. www.edu.uz
4. www.google.uz

Benzer belgeler